Moliyaviy inqirozni tekshirish komissiyasi bilan intervyuda milliarder Uorren Baffet, uning fikricha, investorni chayqovchidan ajratuvchi farqlarni aytib berdi, deb yozadi “RBK”.
“Siz kimligingizni, nima bilan shug‘ullanishingizni sinaydigan narsa sizni bozorlarning ochiqligi qiziqtirish-qiziqtirmasligidan iborat”, — dedi u.
“Men aksiyalarni sotib olayotganimda ertaga fond bozori bir necha yilga yopilish-yopilmasligi meni tashvishga solmaydi, chunki men biznes qidirimoqdaman — Coca-Cola yoki boshqa biron narsa bo‘lishidan qat’i nazar, undan kelajakda unum olishim kerak”, — deya o‘z fikrini tushuntirdi Baffet.
“Endi, agar ertaga fond bozorida pul bo‘lish-bo‘lmasligi meni tashvishga solsa, unda men qandaydir darajada chayqovchilik bilan shug‘ullanyapman, chunki ertaga narx ko‘tarilish-ko‘tarilmasligi haqida o‘ylayapman. Men qiymat oshishini bilmayman”, — deya fikrini davom ettirdi biznesmen.
Izoh (0)