Turkiyaning Diyorbakir viloyati, Bag‘lar uyezdidagi qurolli to‘qnashuvlar chog‘ida bir nafar politsiyachi va Kurdiston ishchi partiyasining uch a’zosi halok bo‘ldi. Yana o‘n nafar politsiyachi jarohat olgan. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Anadolu agentligi manbalariga ko‘ra, kurd isyonchilari o‘zlari tomonidan qazilgan xandaqlar yordamida yo‘lni to‘sib, politsiya transporti harakatiga to‘sqinlik qilgan, bir necha mashinani yoqib yuborgan va politsiyachilarni o‘qqa tutgan, ular bunga javoban qarshi o‘t ochgan.
15-mart, seshanba kuni mazkur uyezdning Qaynartepa tumanida komendantlik soati joriy etilgan edi.
Izoh (0)