Suriyadagi yarash sulhiga qo‘shilgan aholi punktlari soni 51 taga yetdi, deb yozadi “TASS” Rossiya yarashuv markazining mudofaa vazirligi saytiga joylangan xabariga tayanib.
“Kun davomida Ayn-el-Bad (Xama provinsiyasi) aholi punktida Xama provinsiyasidagi yettita aholi punkti oqsoqollari bilan yarash sulhini imzolash bo‘lib o‘tdi. Imzolash jarayonida 600 dan ziyod mahalliy aholi qatnashdi. Rahbarlari bilan yarash ahdi tuzilgan aholi punktlarining umumiy soni 51 taga yetdi”, — deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, Aleppo provinsiyasida faoliyat yuritadigan beshta qurolli guruhlar yetakchilari bilan janglarni to‘xtatish haqidagi muzokaralar davom etmoqda. Shu bilan birga, yarashuvga qo‘shilgan guruhlar soni o‘tgan sutkada o‘zgarmasdan qoldi va hamon 42 tani tashkil etmoqda.
Xabarga ko‘ra, o‘tgan sutkada o‘t ochishni to‘xtatish rejimini buzish bilan bog‘liq 15 ta holat qayd etilgan.
Izoh (0)