Shanxay hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Rashid Alimov va Ozarbayjon tashqi ishlar vaziri Elmar Mamedyarov Ozarbayjonga ShHT dialogi bo‘yicha sherik maqomini taqdim etish haqidagi Memorandumni imzoladi, deya xabar bermoqda “Gazeta.uz”. Imzolash marosimi ShHTning Pekindagi bosh qarorgohida 14-mart, dushanba kuni bo‘lib o‘tdi.
“Bu biz uchun katta sharaf. O‘zaro munosabatlarimiz yo‘li 2012-yilda, Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev ShHTga Ozarbayjon ShHT kuzatuvchisi maqomiga ega bo‘lishi haqidagi g‘oya bitilgan rasmiy xatni jo‘natgan vaqtda boshlangan edi. Shunday ekan, tushunganingizdek, Ozarbayjonning orzulari shunchaki dialog bo‘yicha maqomdan ko‘ra ancha yuqori”, — dedi Mamedyarov.
Ozarbayjon, shuningdek, Armaniston, Nepal va Shri-Lankaga dialog bo‘yicha sherik maqomini berish haqidagi qaror o‘tgan yilning iyulida Ufadagi sammitda qabul qilingan edi.
Izoh (0)