Liviyaning sobiq yetakchisi Muammar Qaddafiyning o‘g‘illaridan biri Sa’diy Qaddafiy ustidan sud jarayoni 12-aprelga qoldirildi. Tripolidagi sud eshituvi besh daqiqadan kamroq davom etdi, deya xabar beradi “TASS”.
Sa’diy Liviyaning bugungi rasmiylari tomonidan 2011-yilgi inqilob paytida qotilliklar va qatag‘onlarni tashkillash, shuningdek, 2005-yili “Al-Ittihod” futbol klubi murabbiyi Bashir Rayaniyni o‘ldirishda ayblanmoqda.
O‘tmishda o‘zi ham professional futbolchi bo‘lgan Liviya armiyasi polkovnigi Sa’diy Qaddafiy 2011-yili Nigerga qochgandi. U 2014-yilning 6-martida Liviyaga ekstraditsiya qilingan va shundan beri poytaxtdagi qamoqxonalardan birida saqlanadi.
Izoh (0)