Isroil “oltilik” davlatlarini (BMT Xavfsizlik Kengashining besh doimiy a’zosi va Germaniya) ballistik raketalarini sinovdan o‘tkazgan Eronni jazolashga chaqiradi. Bu haqda bosh vazir Binyamin Netanyaxu mamlakat hukumatining haftalik yig‘ilishi chog‘ida ma’lum qilgan, deya xabar beradi “TASS”.
“Eron bunday harakatlari uchun jazolanmasligi mumkin emas. Tashqi ishlar vazirligiga Eron bilan yadro kelishuvini imzolagan davlatlarga o‘z majburiyatlarini bajarish va Eron BMT Xavfsizlik Kengashining raketalarga oid rezolyutsiyasini buzishiga yo‘l qo‘ymasligini ta’minlashlarini so‘rab, murojaat etishni topshirdim”, — deya ta’kidlagan Netanyaxu.
Bosh vazirning aytishicha, “Isroil ularning javobini sabrsizlik bilan kutadi”.
Izoh (0)