Falastinlik o‘qituvchi ayol Dubayda Global Teacher Prize an’anaviy taqdirlash marosimi doirasida o‘z o‘qituvchilik faoliyati uchun 1 million dollarni qo‘lga kiritdi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti”.
Asli falastinlik, Vifleyemdagi qochoqlar lagerida o‘sib-ulg‘aygan Xanan Al-Xrub urushga qarshi va ma’rifatni yoqlab chiqadi. “Jamiyatga yoyilgan shafqatsizlik bizga olg‘a yurishga xalal beradi. Biz bolalarimiz sayyoradagi boshqa bolalar kabi tinch hayot kechirishini istaymiz. Hozir men zo‘ravonlikka ‘yo‘q’ deyish imkoniyatidan foydalanib qolmoqchiman”, — dedi u BAA bosh vaziri, Dubay hukmdori shayx Muhammad bin Rashid Al Maktumdan mukofotni qabul qilib olar ekan.
Shuningdek, xabarдarga ko‘ra, Al-Xrub Rim papasi Fransiskdan video-tabrik qabul qilgan.
Izoh (0)