KXDR yaqin masofaga parvoz qiluvchi ikkita raketani uchirdi, deya xabar bermoqda “Interfaks”Janubiy Koreya mudofaa vazirligiga tayanib.
Parvoz Toshkent vaqti bilan 10-mart kuni 01:20 da Xvanxe-Pukto provinsiyasidan Yapon dengiziga qarata amalga oshirilgan. Raketalar KXDR hududidagi Vonsan portidan shimoli-sharqqa qulagan.
Yonhap agentligi manbalariga ko‘ra, raketalar taxminan 500 kilometr masofaga uchgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq KXDR AQSh va Janubiy Koreya tomonidan Key Resolve va Foal Eagle harbiy o‘quv mashg‘ulotlarining boshlanishiga javoban ularga ogohlantiruvchi yadroviy zarbalar bilan tahdid qilgan edi.
Izoh (0)