Bangladesh qirg‘oqlari yaqinida qulagan An-26 samolyoti ekipajining to‘rt a’zosidan uch nafari halok bo‘lgan. Bu haqda Cox's Bazar Sadar Hospital kasalxonasi mudiri Ratan Choudxri ma’lum qildi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.
“Ekipajning to‘rt a’zosidan uch nafari halok bo‘lgan, bir kishi jarohatlangan. Ularning yoshi 42 dan 50 gacha bo‘lib, qaysi mamlakat fuqarosi ekanligi aniqlanmoqda. Bizga ularning ukrainaliklar ekanligini aytishdi, biroq bu uzil-kesil tasdiqlanmagan. Ammo ular yevropalik ekanligini aniq aytish mumkin”, — deya ta’kidlagan Choudxri.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq An-26 samolyoti ekipaj a’zolari Ukraina fuqarolari ekanligi ma’lum qilingandi.
Izoh (0)