Ukrainalik deputat Vladimir Parasyuk Lvovdagi Rossiya konsulxonasi yaqinida ukrainalik Nadejda Savchenkoni qo‘llab-quvvatlab o‘tkazilayotgan aksiya chog‘ida Rossiya bayrog‘ini toptab tashladi, deya xabar bermoqda Meduza.
Parasyukning aytishicha, u bayroqni konsulxonadan yulib olgan.
Nadejda Savchenkoni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan aksiya Kiyevda ham bo‘lib o‘tdi. Aktivistlar Rossiya elchixonasi binosiga yod solingan bir nechta idishlarni uloqtirdi.
Nadejda Savchenko 2014-yil iyulida Donbassdagi nizolar chog‘ida “VGTRK” (Butunrossiya davlat televizion va radiouzatuv kompaniyasi) xodimlari Igor Kornelyuk va Anton Voloshin o‘limiga aloqadorlikda ayblanmoqda. Ayblovchi tomon fikricha, ukrainalik harbiy xizmatchi ayol otishmani nishonga to‘g‘rilab turgan. Savchenko ayblovlarni rad etmoqda. Rossiya prokuraturasi uni 23 yillik qamoqqa hukm qilishni so‘radi. Hukm 2016-yil 21-martda o‘qib eshittiriladi.
Izoh (0)