AQShda kapotida besh metrli daraxt bilan harakatlanayotgan shirakayf avtomobil egasi hibsga olindi
AQShning Illinoys shtatidagi Rozl shaharchasi politsiya zobiti kapotida besh metrli daraxt bilan harakatlanayotgan avtomobilga duch keldi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
Foto: Facebook / Roselle Police DepartmentMashinani to‘xtatgan politsiyachi unda xavfsizlik yostiqchalari chiqib yotganiga guvoh bo‘ldi (bu daraxt bilan to‘qnashish natijasi ekanligi ehtimoli katta). Avtomobilni boshqarayotgan 54 yoshli Meriann Kristi politsiyachiga chindan ham qayerdadir daraxtga urilgani, ammo bu voqea qayerda va qanday ro‘y berganini eslolmasligini bildirdi.
Ayol mast holatda mashina haydagani uchun hibsga olindi, aprelda uning sudi bo‘lishi kutilmoqda.
Izoh (0)