2011-yil 11-martda ro‘y bergan mamlakat tarixidagi eng kuchli 9 balli zilziladan so‘ng Yaponiya hududi sharqqa, AQSh tomonga siljishda davom etmoqda. Bu haqda “TASS” ma’lum qilgan.
Yaponiya davlat geografik axborot boshqarmasida bildirilishicha, oxirgi yilning o‘zida mamlakatning bosh oroli Xonsyudagi Miyagi va Ivate prefekturalari hududi ayrim joylarda 10 santimetrgacha ko‘chgan. Zilziladan beri o‘tgan 5 yil davomida mazkur hududlardagi katta maydonlar ayrim yerlarda taxminan 5 metrga siljigani qayd etilgan. Eng katta siljish (6,4 metr) Miyagi prefekturasining Osika yarimorolida kuzatilgan.
Hozirda poytaxt Tokio joylashgan Kanto tekisligida sharqqa ko‘chish to‘xtagan, biroq mazkur jarayon Xonsyuning shimoli-sharqida davom etmoqda.
Izoh (0)