Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In Pxenyan yadro o‘qini jangovar kallak hajmigacha kichraytirganini va endi uni ballistik raketaga o‘rnatila olishini ma’lum qildi, deb yozadi “Vedomosti” KXDRning KCNA agentligiga tayanib.
“Yadro kallaklari kichraytirilish evaziga, ballistik raketalarga o‘rnatishga yaroqli bo‘lishi uchun standartlashtirildi”, — dedi Kim Chen In. Bunday bayonot bilan u yadro kallaklariga ega turli taktik va strategik raketalar yaratish bo‘yicha tadqiqotlar muhokamasiga bag‘ishlangan majlisda chiqish qildi.
Kim Chen In harbiylarni AQSh va Janubiy Koreyaga ogohlantiruvchi zarbalar berishga hamda yadro qurolidan foydalanishga tayyor turishga chaqirdi. “Agar amerikalik imperialistlar KXDR suverenitetiga va uning mavjud bo‘lish huquqiga xavf solsa, u hech qanday ikkilanishlarsiz AQShga ogohlantiruvchi zarbalar beradi”, — dedi u.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq KXDR AQSh va Janubiy Koreya tomonidan Key Resolve va Foal Eagle harbiy o‘quv mashg‘ulotlarining boshlanishiga javoban ularga ogohlantiruvchi yadroviy zarbalar bilan tahdid qilgan edi.
Izoh (0)