Xitoy janubi-g‘arbidagi Sichuan provinsiyasi tog‘larida tosh ko‘chishi natijasida avtomobil yo‘lida ikkita yo‘ltanlamas avtomobilni tosh bosib qoldi, deya xabar bermoqda “TASS”. Hodisa natijasida yetti kishi — avtomobillar ichida bo‘lgan odamlarning barchasi halok bo‘ldi.
Fojia Leshan shahar okrugidagi Mabyan muxtor uyezdida yuz berdi. Ayni paytda mutaxassislar yo‘ldagi uyumlarni tartibga solishda davom etmoqda.
Xabarlarga ko‘ra, tosh ko‘chishi qurbonlari orasida transport infratuzilmasi sohasidagi ikki mahalliy amaldor ham bor.
Izoh (0)