Amerikaning harbiy samolyoti Iroq shimolida halokatga uchradi, ammo uning to‘rt nafar ekipaji a’zolarining barchasi tirik qoldi, ular turli darajadagi shikastlanishlar oldi. Bu haqda Pentagonga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Hodisa 5-mart, shanba kuni mamlakat shimolidagi Erbil shahri hududida sodir bo‘lgan. Iroqdagi Kurdiston poytaxti hisoblanadigan ushbu shahardan qidiruv-qutqaruv guruhi yuborildi, ular tezkorlik bilan voqea joyiga yetib keldi.
AQSh mudofaa vazirligida ta’kidlashlaricha, armiya aviatsiyasining turbovintli samolyoti halokati dushman hujumi natijasida emas, ehtimoliy texnik sabablarga ko‘ra sodir bo‘lgan. Hodisa bilan bog‘liq vaziyat o‘rganilmoqda.
Izoh (0)