O‘zbekistonda 3-mart, payshanba kuni havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Bu haqda “O‘zgidromet” markazi xabar bermoqda.
Xabar berishlaricha, 3-martga o‘tar kechasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati va Toshkent shahrida +8 darajagacha, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida +10 darajagacha iliq bo‘ladi.
Payshanbaga o‘tar kechasi Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo harorati +7...+12 daraja, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida +9...+14 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.
3-mart kuni kunduzi Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo harorati +19 darajagacha, Farg‘ona vodiysi viloyatlarida +20 darajagacha ko‘tariladi. Toshkent shahrida esa +20...+22 daraja iliq bo‘ladi.
Shu kuni Buxoro, Navoiy, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo harorati +18...+23 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.
Izoh (0)