Toshkentdagi Yoshlar ijod saroyida 10—15-mart kunlari Art&Fashion Week 2016 san’at va moda haftaligi o‘tkaziladi. Bu haqda My Day xabar bermoqda.
Haftalik doirasida to‘qimachilik sanoati, kiyim-kechak, poyabzal, aksessuarlar, interyerni jihozlash va veb-dizayn yo‘nalishidagi yangiliklar namoyish etiladigan san’at va moda ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi. Shuningdek, yetakchi dizayner va uslubchilar ishtirokida mahorat saboqlari berilishi ko‘zda tutilgan.
Yosh o‘zbek modelyerlari kolleksiyasi namoyishi, an’anaviy kashtado‘zlik va milliy to‘qimachilik, grafika va fotografiya ko‘rgazmalari o‘tkazilishi kutilmoqda. Oxirgi bosqichda grand-defile va milliy libos festivali bo‘lib o‘tadi. G‘oliblarni taqdirlash marosimi va gala-konsert haftalikka yakun yasaydi.
Izoh (0)