O‘zbekistonning tog‘li hududlarida 2-martga o‘tar kechasi qisqa muddatli yog‘ingarchilik — yomg‘ir va qor kuzatildi. “O‘zgidromet” axborotiga ko‘ra, mamlakatning boshqa hududlarida yog‘ingarchilik qayd etilmagan.
1-mart, seshanba kuni Toshkent shahrida havo harorati +22,1 darajagacha (1-mart tarixidagi avvalgi rekord: +22,3 daraja — 2006-yil), Samarqand shahrida +17,7 darajagacha (rekord: 22,7 daraja — 1986-yil), Termiz shahrida +19,2 darajagacha (rekord: +25,7 daraja — 1987-yil), Nukus shahrida +9,3 darajagacha (rekord: +21,4 daraja — 2005-yil) ko‘tarildi.
O‘zbekiston boshqa shaharlarida shu kuni eng yuqori havo harorati quyidagicha bo‘ldi: Urganch shaharida +9, Qarshida +15, Buxoro, Navoiy shaharlarida +16, Jizzax shahrida +18 daraja, Gulistonda +20, Andijon shahrida +22, Namangan, Farg‘ona shaharlarida +23 daraja.
Izoh (0)