Toshkent shahar hokimi Rahmonbek Usmonovning 26-fevraldagi qarori (pdf) bilan Toshkent shahar ko‘chalaridan foydalanish tartibi tasdiqlandi, deya xabar bermoqda “Gazeta.uz”.
Hujjatda aytilishicha, Toshkent shahar ko‘chalaridan foydalanuvchilar ko‘chalardan o‘tish, muttasil, yil davomida, xavfsiz va qulay sharoitlarda harakatlanish, harakatlanishning yo‘l sharoitlari to‘g‘risida tezkor axborot olish, ko‘chalardagi nosozliklar tufayli yetkazilgan zararni belgilangan tartibda undirib olish huquqlariga ega.
Toshkent shahar ko‘chalarida transport vositalarining xavfsiz harakatlanishini ta’minlash maqsadida yo‘l xizmati tashkilotlari yo‘llarni va yo‘l inshootlarini soz holda saqlash, qishda qisqa vaqtda qordan tozalash va muzlamalarning oldini olish uchun tegishli choralar ko‘rishi shart.
Yo‘l belgilarini amaldagi davlat standartlariga asosan o‘rnatish, harakatlanish uchun xavfli bo‘lgan uchastkalarni zarur to‘siqlar va qurilmalar bilan jihozlash zarur.
Yo‘l xizmati tashkilotlariga, shuningdek, yo‘l sharoiti bilan bog‘liq holda sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisalarining sabablarini doimiy ravishda o‘rganib borish va Toshkent shahar IIBB YHXB bilan hamkorlikda harakat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni belgilash yuklatildi.
Izoh (0)