Shohrux reper o‘g‘li Islom haqida so‘zlab berdi, deya xabar bermoqda “Sug‘diyona” gazetasi.
“Ota bo‘lgan kunim hech qachon yodimdan chiqmasa kerak. Unutish ham mumkin emas. Ota bo‘lishning his-hayajoni boshqacha. Hech narsa teng kelolmaydi. Faxr, mehr... va mas’uliyatni his qildim”, — dedi Shohrux reper.
“O‘g‘lim hozir bir yoshda. U bilan vaqt qanday o‘tganini bilmay qolaman. Oyimning aytishicha, bolaligimda ham hozirgidek og‘ir-bosiq bo‘lganman. Ammo nevarasida bugun umuman aksini ko‘rayapti. Islom juda sho‘x va bir yerda o‘tirmaydi. Doim nimalardir bilan band”, — dedi xonanda.
“Endi-endi tili chiqyapti. O‘zining tilida nimalarnidir gapiradi. Balki ana shu so‘zlari ichida ‘dada’ degani ham bordir, bilmadim”, — deya qo‘shimcha qildi Shohrux.
Izoh (0)