22—23-mart kunlari jonli ovozdagi konsertini o‘tkazishni rejalashtirayotgan O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Shuhrat Qayumov kasalxonaga tushib qoldi. Bu haqda “Darakchi.uz” xabar bermoqda.
“Shifokorlar ‘kuchli shamollash’ deb aytishmoqda, ammo hali aniq tashhis qo‘yilmagan”, — deya ma’lum qilgan xonandaning o‘zi.
Shuhrat Qayumov har gal konsert oldidan qandaydir dardga chalinishini aytmoqda. “Konsertga tayyorlanishi kerak bo‘lgan bir vaqtda dard bilan kurashish juda qiyin”, — deydi u.
Ayni damda xonanda davolanish bilan birgalikda konsert dasturida ijro etadigan qo‘shiqlar matnini yod olmoqda.
Izoh (0)