“Sotqin” va “Baron” filmlaridagi ishtirokidan so‘ng o‘zbek kinoixlosmandlari uchun qaytadan kashf etilgan Javohir Zokirov xonandalik yo‘nalishida ham jiddiy shug‘ullanmoqchi ekanligini ma’lum qildi. Bu haqda “Darakchi.uz” xabar bermoqda.
“Qo‘shiq kuylashni juda yaxshi ko‘raman. Bu yo‘nalishda avval ham ishlaganman”, — dedi Javohir Zokirov.
“Endi jiddiy ijod bilan shug‘ullanib, muxlislarni xursand qilmoqchiman. To‘y-hasham, yaxshi kunlarda xizmatda bo‘lmoqchiman”, — dedi san’atkor.
“Kliplarning televideniye orqali namoyish etilishiga kelsak, buning uchun katta mablag‘ zarur”, — deya qo‘shimcha qildi Javohir Zokirov.
Javohir Zokirov o‘zbekistonlik taniqli xonandalar — Botir Zokirov va Farrux Zokirovning jiyani hisoblanadi. Avvalroq, solisti Tohir Sodiqov hisoblangan “Bolalar” guruhiga Javohir Zokirov asos solgani haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)