Rejissor Rustam Sa’diyev komediyali melodrama janrida yangi film suratga olishni rejalashtirmoqda. Bu haqda u “Bekajon” gazetasiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
“Ayni kunlarda komediyali melodrama janrida bir film ishlashni o‘ylab yuribman. ‘Er bermoq, jon bermoq’ komediyasini suratga olgan edim. Shu kartinaning ikkinchi qismini suratga olmoqchiman”, — dedi rejissor.
Ma’lumot uchun, Rustam Sa’diyev so‘nggi ikki yilda O‘zbekistonda katta shov-shuv ko‘targan “Sotqin” va “Baron” filmlari rejissori hisoblanadi.
Izoh (0)