Aktrisa Zarina Nizomiddinova ayol san’atkorlar orasida ishongan dugonasi yo‘qligini tan oldi, deya xabar bermoqda “Sug‘diyona” gazetasi.
“Ha, san’atkorlar orasida birorta ham dugonam yo‘q. Asosan erkak san’atkorlar — Shohruxxon, ‘Benom’dagi yigitlar bilan do‘stman”, — dedi Zarina Nizomiddinova.
“Bir qozonda qaynayotganlarning haqiqiy do‘st bo‘la olishiga ishonmayman”, — deya qo‘shimcha qildi aktrisa Zarina Nizomiddinova.
Avvalroq Zarina Nizomiddinova hech bir aktrisani o‘ziga raqobatchi deb bilmasligi haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)