Toshkent aeroportiga favqulodda qo‘nishga majbur bo‘lgan Rossiyaning AZUR air aviakompaniyasiga tegishli Boeing 767-300 samolyoti yo‘lovchilari barcha zarur narsalar bilan ta’minlangan. Bu haqda, Rossiyaning G‘arbiy Sibir transport prokuraturasi rasmiy vakili Oksana Gorbunovaga asoslanib, “RIA Novosti” agentligi xabar bermoqda.
“Aviakompaniya vakillarining so‘zlariga ko‘ra, hozirgi vaqtda yo‘lovchilar barcha zarur narsalar bilan ta’minlangan. Shuningdek, ularga issiq ovqat tarqatilgan”, — deydi Gorbunova.
Ma’lumot uchun, AZUR air samolyoti 26-fevral, juma kuni mahalliy vaqt bilan 5:38 da Toshkent aeroportiga favqulodda qo‘ndi. Xabar berishlaricha, majburiy qo‘nishga moyning past darajasi datchigi ishlab ketgani sabab bo‘lgan.
Laynerning favqulodda qo‘nishi holati yuzasidan Rossiya Tergov qo‘mitasi tekshiruv ishlarini boshlagan. “O‘zbekiston havo yo‘llari” vakillarining ma’lum qilishicha, AZUR air texnik yordam so‘rab O‘zbekiston aviakompaniyasiga hozircha murojaat qilmagan.
Izoh (0)