Germaniyaning kiyim ishlab chiqaruvchi Hugo Boss AG kompaniyasi bosh ijrochi direktori Klaus-Ditrix Lars iste’fo berdi, deb yozadi “Interfaks”.
Bu kompaniya yarim yil ichida ikkinchi marta daromad prognozini pasaytirgach, sodir bo‘ldi. 52 yoshli Lars kompaniyani 29-fevral kuni tark etadi.
23-fevral kuni kompaniya 2016-yil uchun prognozini e’lon qildi, unga ko‘ra, uning EBITDA (foiz, soliq va amortizatsiya chegirmalari ushlab qolinishidan avvalgi daromad)si 10 foizdan ziyod darajada pasayadi, shu bilan birga, firma maqsad qilingan 25 foizlik rentabellikka erisha olmaydi. Asosiy salbiy omillar sifatida Hugo Boss AQSh va Xitoydagi savdolarning kamayishini aytib o‘tdi.
Yillik prognoz pasaygach, kompaniya kapitalizatsiyasi 25 foizga tushib ketdi va taxminan 3,6 milliard yevroni tashkil etmoqda.
Izoh (0)