Domodedovo aeroport majmuasi sobiq direktori Vyacheslav Nekrasov hamda aeroport xavfsizligini ta’minlovchi va uni boshqaruvchi tijorat tuzilmalari sobiq rahbarlari hibsga olindi, deya xabar bermoqda “Gazeta.ru”.
Ma’lum bo‘lishicha, Rossiya Tergov qo‘mitasi 2011-yil yanvarida aeroportda sodir bo‘lgan terakt munosabati bilan qo‘zg‘atilgan xavfsizlik talablariga javob bermaydigan xizmatlarni ko‘rsatganlik haqidagi jinoiy ish bo‘yicha tergovni kuchga kiritgan.
Shuningdek, “Eksport Menejment Kompani Limited” kompaniyasi sobiq rahbari Svetlana Trishina va “Domodedovo Erport Avieyshen Sekyuriti” YoAJ sobiq boshqaruv direktori Andrey Danilov ham qo‘lga olingan. Ularning barchasi “xavfsizlik talablariga javob bermaydigan ishni bajarish yoki xizmat ko‘rsatish natijasida ikki yoki undan ortiq kishining o‘limini keltirib chiqarish” moddasi bo‘yicha ayblanmoqda.
Domodedovo aeroportidagi terrorchilik harakati 2011-yil 24-yanvar kuni yuz bergandi. Qo‘lbola portlovchi uskunaning ishga tushishi oqibatida 37 kishi halok bo‘lgan, yana 172 kishi turli darajada tan jarohati olgan.
Izoh (0)