8-fevral, dushanba kuni Sochida Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan muzokaralar o‘tkazgan Bahrayn qiroli Hammod II bin Iso al-Xalifaga sovg‘a tariqasida Axaltekin nasliga mansub ot taqdim etildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Kreml matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, 2012-yilda tug‘ilgan otning laqabi Hojibek bo‘lib, 2014-yilda toychoqlar orasida, 2015-yilda esa zotdorlik bo‘yicha jahon chempioni bo‘lgan.
Javob tariqasida Bahrayn qiroli Putinga qilich sovg‘a qildi. Uning tig‘i Damashq po‘latidan tayyorlangan, sopi va g‘ilofi esa qimmatbaho metallar bilan bezatilgan.
Izoh (0)