Hindistonning Velluru shahridagi muhandislik kolleji korpuslaridan birining yaqiniga kelib tushgan meteorit bir kishining o‘limiga sabab bo‘ldi. Erkak samoviy jism qurboniga aylangan Yer yuzidagi birinchi inson bo‘lgani bildirilmoqda, deya xabar beradi The Hindu.
Falokatga meteorit tushishi tufayli ro‘y bergan portlash sabab bo‘ldi. Erkak o‘quv muassasasida avtobus haydovchisi bo‘lib ishlagan. Hodisa joyi atrofida chuqur hosil bo‘lgan, shuningdek, samoviy jism bo‘laklari topilgan.
Voqea 6-fevral, shanba kuni sodir bo‘lgan, biroq OAV bunga oradan ikki kun o‘tibgina e’tibor bergan. Avval hech qachon Yerga kelib tushgan meteoritlar (yoki boshqa shunday jismlar) odam o‘limiga sabab bo‘lmagani aytilmoqda.
Izoh (0)