KXDR Janubiy Koreya parlamentining Pxenyan tomonidan o‘tkazilgan yadro sinovi qoralangan rezolyutsiyasini qabul qilishdan bosh tortdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Yonhap ma’lumotlariga ko‘ra, Janubiy Koreya hukumati vakillari parlament tomonidan 8-yanvarda qabul qilingan hujjatni ikki davlat o‘rtasidagi Pxanmundjom muzokaralar punktida topshirmoqchi bo‘lgan, ammo shimolliklar uni olishdan bosh tortgan.
Agentlikning bildirishicha, Seul 2006 va 2013-yillarda ham Pxenyanga parlamentning yadro sinovlari qoralangan rezolyutsiyalarini topshirmoqchi bo‘lgan, biroq bu urinishlar muvaffaqiyatsiz yakunlangandi.
Izoh (0)