SpaceX kompaniyasi Xalqaro koinot stansiyasiga (XKS) astronavtlarni yetkazishi mo‘ljallangan Dragon 2 kemasi sinovi videosini namoyish etdi. Sinov o‘tgan yilning 24-noyabrida bo‘lib o‘tgan, deya xabar beradi “Korrespondent.net”.
Dragon 2 kemasi ikkinchi avlod qurilmasi bo‘lib, sakkizta SuperDraco dvigateli bilan jihozlangan. Kema parashyutlarsiz yerga yengil qo‘nishi ko‘zda tutilgan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq SpaceX kompaniyasiga tegishli Falcon 9 raketa tashuvchisining okeandagi platformaga qo‘nishi muvaffaqiyatsiz yakunlangani haqida xabar berilgandi.
https://youtu.be/07Pm8ZY0XJI
Izoh (0)