Turkiya hududidan kelayotgan noqonuniy muhojirlar oqimi to‘xtatilishi kerak. Bu haqda Germaniya kansleri Angela Merkel 22-yanvar, juma kuni Berlinda, Turkiya bosh vaziri Ahmet Davuto‘g‘li bilan birgalikdagi matbuot anjumani chog‘ida ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
“Biz Turkiya va Gretsiya o‘rtasida qochoqlarni olib o‘tish uchun noqonuniy yo‘llardan foydalanishiga yo‘l qo‘yolmaymiz. YeI bu borada Anqara bilan ishlamoqda. Noqonuniy migratsiya qonuniy migratsiyaga aylanishi kerak”, — deya ta’kidlagan Merkel.
Izoh (0)