Alisher Usmonov va sheriklarining USM Holdings xoldingi Amerikaning taksi buyurtmasi bo‘yicha Uber xizmati investorlaridan biri ekanligi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda investxoldingga yaqin manbasiga tayanib, “RBK” xabar bermoqda, ushbu ma’lumotni Uber’dagilar ham tasdiqladi.
USM Amerika startapiga 2015-yil yozida bir necha o‘n million dollar miqdorida investitsiya kiritgan.
The Wall Street Journal yozishicha, 2015-yil iyulida Uber 1 milliard dollar jalb qilgan, kompaniyaning o‘zi esa 51 milliard dollarga baholangan. Bu paytga kelib, kompaniyaga kiritilgan investitsiyalarning umumiy hajmi 5 milliard dollardan oshgan.
Uber’ga investitsiyalarning so‘nggi raundi o‘tgan yilning dekabrida bo‘lib o‘tdi. Kompaniya 2,1 milliard dollar jalb qildi, uning butun biznesi 62,5 milliard dollarga baholandi. USM ushbu raundda ishtirok etmadi.
Izoh (0)