Checheniston rahbari Ramzan Qodirov rasmiylar Grozniyda 22-yanvar, juma kuni bo‘lib o‘tgan va bir millionga yaqin kishi qatnashgan mitingda ishtirok etishga hech kimni majburlamaganini ma’lum qildi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
“Qasam ichib aytamanki, biror kishiga mitingga chiqishini aytganim yo‘q. Hatto o‘zimning oilamga ham. Tadbirni jamoatchilik vakillari va xalq tashkil etdi. O‘zimga e’tibor qaratishni istamadim”, —deya ta’kidlagan Qodirov mitingda nega ishtirok etmaganligi haqidagi savolga javoban.
Uning aytishicha, miting qatnashchilari Rossiya rahbariyati, shuningdek, Chechenistonning rivojlanish yo‘nalishini qo‘llab-quvvatlashini namoyish etdi.
Izoh (0)