Rossiya mudofaa vazirligi 22-yanvar, juma kuni chet el ijtimoiy tarmoqlarida, go‘yoki, Turkiya harbiy-havo kuchlari “Bab al-Xava” nazorat o‘tkazish punkti ustida Rossiya harbiy samolyotini urib tushirgani haqida tarqalgan mish-mishlarni rad etdi, deb yozadi “Vedomosti”.
“Bu xabarlar — butunlay uydirma. Suriyada terrorchilik infratuzilmasi obyektlarini yo‘q qilish bo‘yicha topshiriqlarni bajarayotgan samolyotlarimizning barchasi eson-omon aviabazaga qaytib keldi”, — deya ma’lum qildi Rossiya mudofaa vazirligi vakili “Xmeymim” aviabazasida turib.
Avvalroq qator ijtimoiy tarmoqlarda “suriyalik aktivistlar”ga tayanilgan ma’lumot tarqalgan, unga ko‘ra, Rossiya samolyoti Suriyada Turkiya harbiy-havo kuchlari tomonidan urib tushirilgan edi.
Izoh (0)