Irlandiyalik fotosuratchi Kevin Abosh tomonidan olingan kartoshka surati 1 million dollarga sotildi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Kevin Abosh dunyoning eng yuqori haq to‘lanadigan fotosuratchilaridan biri bo‘lib, taniqli IT-arboblar va shou-bines vakillarini suratga tushirishga ixtisoslashgan.
Uning mazkur fotosida qora fondagi kartoshka tasvirlangan, xolos. Ammo aynan shu surat 1 million dollarga baholanib, fotografiya tarixidagi eng qimmat lotlardan biriga aylandi.
Izoh (0)