Jakartada 14-yanvar kuni yuz bergan terakt qurbonlari soni sakkiz kishiga yetdi. Ekstremistlar hujumi chog‘ida yaralangan indoneziyalik shifoxonada vafot etdi, deb xabar qiladi “TASS”.
Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, terakt vaqtida jami 32 kishi yaralangan. Ular orasida Avstriya, Germaniya va Niderlandiya fuqarolari bor.
Oldinroq yetti kishi halok bo‘lgani, ulardan besh nafari terrorchilar ekanligi xabar qilingandi. Politsiya teraktni IShIDning janubi-sharqiy Osiyodagi mintaqaviy qanoti yetakchisi bo‘lish istagidagi Bahrun Naim tashkillashtirgan, deb hisoblamoqda. Teraktlarga aloqador bo‘lgan 12 kishi Indoneziya politsiyasi tomonidan hibsga olindi.
Izoh (0)