Podmoskovyeda politsiyachi mansabdorlar tushgan mashinalar korteji o‘tib ketayotganda ichida emizikli bola bo‘lgan tez yordam avtomobilini qo‘yib yubormadi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Hodisa aks ettirilgan video ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirilgan. Unda lipillovchi chirog‘i va sirenasi yoqilgan tez yordam avtomobili kortej o‘tib ketishini kutayotganligi tasvirlangan.
Rossiya Jamoatchilik palatasining xavfsizlik masalalari bo‘yicha komissiyasi rahbari Anton Svetkov mazkur hodisa yuzasidan tekshiruv o‘tkazilishi lozimligini bildirgan.
Izoh (0)