Armanistonda cho‘chqa grippi asoratlaridan vafot etganlar soni olti kishiga yetdi. Bu haqda 10-yanvar, yakshanba kuni mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, uch nafar bemor o‘tgan yil dekabrida, yana uch nafari esa shu yil boshlanishida hayotdan ko‘z yumgan. Cho‘chqa grippi tashhisi qo‘yilgan yana 7 kishi o‘ta og‘ir holatda ekanligi bildirilgan.
Izoh (0)