“O‘zgidromet” 21—25-iyul kunlari uchun ob-havo prognozini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, haftaning birinchi yarmida 40-43 daraja atrofida, janubda ba’zi joylarda 44-45 darajagacha bo‘lgan juda issiq ob-havo saqlanib turadi. Ish haftasining ikkinchi yarmida ham issiqning sezilardi darajada pasayishi kutilmaydi.
Harorat asosan kunduz kunlari 38-41 daraja atrofida, janubda ba’zi joylarda 42-43 darajagacha bo‘lishi kutilmoqda. Harorat asosan kechalari 23-28 daraja bo‘ladi.
Ushbu kunlarda O‘zbekistonning barcha hududlari bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi. Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi, chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin.
Toshkentda asosan kam bulutli ob-havo kuzatiladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat asosan kechalari 23-26 daraja, kunduz kunlari 21—23-iyulda 40-42 daraja, 24—25-iyulda 38-40 daraja bo‘ladi.
O‘zbekistonda dam olish kunlari janubdan juda issiq va quruq havo oqimlari kirib kelishi davom etdi. Sog‘liqni saqlash vazirligi jaziramada, eng avvalo, bolalar, keksalar, homilador ayollar va surunkali kasalliklardan aziyat chekayotgan bemorlar o‘z sog‘lig‘iga yanada e’tiborli bo‘lishi kerakligini bildirib, issiq kunlarda amal qilish lozim bo‘lgan bir qator tavsiyalar berdi.
Izoh (0)