Rossiyaning “Aeroflot” kompaniyasiga qarashli A330 samolyoti Seul aeroportiga qo‘nayotgan payt yashin urdi. Bu haqda Janubiy Koreya aeroportidagi manbaga tayanib, “TASS” ma’lum qildi, deya xabar bermoqda Meduza.
Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagani aytilmoqda. Samolyot ham shikastlanmagan va oradan ikki soat o‘tib, Moskvaga, Sheremetevo aeroportiga yo‘l olgan.
Manbaning ta’kidlashicha, zamonaviy samolyotlar yashindan himoya tizimi bilan jihozlangan va ushbu tabiat hodisasi aviatsiya uchun jiddiy xavf tug‘dirmaydi.
Izoh (0)