Federal yo‘llarda harakatlanganlik uchun to‘lov olinishiga qarshi bo‘lgan uzoq masofaga qatnovchi haydovchilar Rossiya poytaxtiga otlanish uchun Moskva viloyatida yuk mashinalari kolonnasini shakllantirishga kirishdi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Federal yig‘ilishga murojaatida to‘lovlar joriy etilishi masalasini ko‘tarsa, aksiya bekor qilinishi taxmin etilgandi, biroq u bunday qilmadi. Putining chiqishidan so‘ng mintaqaviy koordinatorlar katta bo‘lmagan kolonnalarni birlashtirib, poytaxt ostonasida ularni yiriklashtira boshlagani bildirilmoqda.
Haydovchilardan birining ma’lum qilishicha, norozilik aksiyasi 3-dekabr, kechki payt boshlanadi. “Bu vaqt bekorga tanlanmagan, Moskvada qanday tirbandlik yuzaga kelishini ko‘rasiz”, deya ta’kidlagan u.
Izoh (0)