Buyuk Britaniya bosh vaziri Devid Kemeron nafaqat Yevropa, balki musulmon mamlakatlari ham Birlashgan Qirollikning Suriyadagi IShID marralariga aviazarbalar berish haqidagi qarorini qo‘llab-quvvatlayotganiga ishonchi komil. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
“Bizni nafaqat sheriklarimiz, balki musulmon davlatlari, Fors ko‘rfazi mamlakatlari ham qo‘llab-quvvatlamoqda. Ular bizdan shu haqda so‘ragan”, — deya ma’lum qilgan Kemeron Sky News telekanaliga bergan intervyusida.
Bosh vazir aviazarbalar G‘arb mamlakatlari aksilterror strategiyasining bir qismigina ekanligi, IShIDga qarshi kurashda muvaffaqiyatga erishish uchun sabr-toqat va qat’iyat zarurligini bildirdi.
Izoh (0)