Qohiradagi tungi klubga qilingan qurolli hujum natijasida 18 kishi qurbon bo‘ldi, deya xabar bermoqda “TASS” Al Arabiya telekanaliga tayanib.
Kelib tushayotgan ma’lumotlarga ko‘ra, noma’lum shaxslar Misr poytaxtining Aguza dahasida joylashgan “Shahrizod” mehmonxonasidagi restoranga ertalab bostirib kirgan, u yerga odatda yoshlar to‘planishni xush ko‘radi.
Ular yonuvchi aralashma solingan butilkalarni restoranga irg‘itib, birdan o‘t ham ochgan. Natijada kuchli yong‘in chiqqan.
Ayni paytda hodisa joyida o‘t o‘chiruvchilar va qutqaruvchilar ishlamoqda. Xabarlarga ko‘ra, marhumlar va jabrlanganlarning ko‘pchiligi — restoran ishchilari.
Izoh (0)