Amerikaning Planet Ocean Underwater Hotel kompaniyasi joyidan siljitib bo‘ladigan suvosti mehmonxonasini dunyoda birinchi bo‘lib qurmoqchi, deya xabar bermoqda Fox News.
U taxminan to‘qqiz metr chuqurlikda joylashadi. Loyiha qiymati 20 million dollarga teng.
Mehmonxona aynan qayerga qurilishi hozircha aniq emas, biroq u Gavayi orollari yoki Misr qirg‘oqlari yaqinida joylashishi mumkin. Mehmonlarga manzarali derazalarga ega 12 ta xona taklif qilinadi. Bundan tashqari, mehmonxona dovul yoki bo‘ron epitsentriga tushib qolmasligi uchun suv ostida harakatlana oladi.
Suvosti mehmonxonasida bir kecha-kunduz yashash uch mingdan olti ming dollargacha tushadi. Uch million dollarga esa har qanday kishi bitta xonani sotib olishi mumkin.
Mehmonxona prototipi ayni paytda Florida shtatida Ki Uest oroli sohillari yaqinida qurilmoqda, keyinchalik u Kubaga olib boriladi.
Izoh (0)