Ispaniya Konstitutsiyaviy sudi Kataloniya parlamentining 2017-yilda mintaqa mustaqillikka erishishiga qaratilgan chora-tabirlarni ishlab chiqish bo‘yicha rezolyutsiyasini bekor qildi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Mazkur hujjat qabul qilinishiga Ispaniya hukumati qarshi chiqqan va mamlakat Konstitutsiyaviy sudiga murojaat etgan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Kataloniya parlamenti 9-noyabrda avtonom viloyatning mustaqilligi bo‘yicha rezolyutsiya loyihasini ma’qullagani haqida xabar bergandik.
Izoh (0)