Favqulodda holatlar xizmati xodimlari Tennessi shtatining shimoliy qismidagi o‘rmonda halokatga uchragan Fort-Kempbell bazasining AH-64 Apache rusumli harbiy vertolyotni topdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Havo transporti qulab tushgandan keyin yong‘in sodir bo‘lgan. Vertolyot bortida nechta kishi bo‘lganligi to‘g‘risida ma’lumotlar yo‘q. Odatda, AH-64 Apache ekipaji ikki kishidan iborat bo‘ladi.
Izoh (0)