Meksika janubidagi Oaxaka shtatida uyushgan jinoyatchilik qurboni bo‘lgan sakkiz nafar erkakning jasadi topildi. Bu haqda shtat politsiyasiga tayanib, AFP ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
“Fermerlar jasadlarni Kosolapa shahri atrofidan topib, bizga xabar bergan. O‘ldirilgan kishilarning qo‘li bog‘liq bo‘lgan”, — deya ta’kidlagan politsiya vakili. Huquq-tartibot idoralarining bildirishicha, qotillikka narkomafiya guruhlaridan biri qo‘l urgan.
Oxaka Meksikaning eng qashshoq shtatlaridan biri hisoblanadi. Mintaqada AQShga olib boradigan qulay savdo yo‘llarini egallashga intiladigan narkokartellar kurashi tufayli zo‘ravonlik avjiga chiqqan. AFP ma’lumotiga ko‘ra, 2006-yildan beri Meksikada 100 mingdan ziyod kishi narkotrafik bilan bog‘liq sabablarga ko‘ra halok bo‘lgan yoki bedarak yo‘qolgan.
Izoh (0)