AQShning Texas shtatida shiddatli yomg‘irlar keltirib chiqargan toshqinlar oqibatida uch kishi halok bo‘ldi. Bu haqda 27-noyabr, juma kuni mahalliy rasmiylar ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
Favqulodda vaziyatlar xizmati xodimlari Garlend shahri yaqinida kuchli oqim tufayli ko‘prikdan suvga qulagan yengil avtomobilni aniqladi. Uni boshqargan 29 yoshli erkak halok bo‘lgan. 33 yoshli ayolning jasadi Fort-Uert shahri g‘arbida suvga g‘arq bo‘lgan avtomobil atrofidan topildi. Mensfild shahri yaqinida hozircha shaxsi aniqlanmagan yana bir erkak cho‘kib ketgan.
Sinoptiklar ma’lumotiga ko‘ra, keyingi bir necha kun davomida kuchli yomg‘irlar tinmaydi, shu bois yangi toshqinlar kutilmoqda.
Izoh (0)