Kanada hukumati rivojlanayotgan mamlakatlarda amalga oshiriladigan iqlim o‘zgarishlariga qarshi kurash dasturlarini moliyalashtirishga besh yil davomida 2,65 milliard Kanada dollari (1,98 milliard AQSh dollari) ajratadi, deya xabar beradi “TASS”
Bu haqda mamlakat bosh vaziri Jastin Tryudo 27-noyabr, juma kuni Maltada bo‘lib o‘tayotgan Britan hamdo‘stligi sammitida ma’lum qildi. Tryudoning bildirishicha, mazkur dasturlar, jumladan, “toza energiya” texnologiyalarini joriy etish orqali atmosferaga zararli tashlanmalar chiqarilishini qisqartirishni nazarda tutadi.
Izoh (0)